O‘zbekistonga 2021 yilning dastlabki to‘rt oyida xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 1,99 milliard dollarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 663 million dollarga yoki 50 foizga, 2019 yilning mos davriga nisbatan esa 34 foizga ko‘p.
Mamlakatga 2021 yil boshidan buyon yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi har oy ortib borgan. Yanvar oyida 427 million dollar yuborilgan bo‘lsa, fevralda 463 million dollar, mart oyida 525 million dollar, aprelda esa 577 million dollar yuborilgan.
Foto: Markaziy bank
Chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori esa 478 million dollarga yetdi. Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb 1,52 milliard dollarga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi