14:50 / 13.05.2021
1 788

Taksi haydovchisiga tosh bilan hujum qilib, yonidagi 4800 dollarni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida taksi haydovchisiga hujum qilib, yonidagi pullarni talon-toroj qilgan shaxs ushlandi, deya xabar qilmoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 8 may kuni soat 08:00 larda 33 yoshli Sh.A. o‘zining boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasiga tanishi 25 yoshli S.Sh. va ikki nafar fuqaroni yo‘lovchi sifatida olib, Toshkent shahriga ketayotganlarida M-39 Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l tumani «Chamanzor» mahallasi hududida S.Sh. Sh.A.dan avtomashinasini to‘xtatishini so‘rab, uning chalg‘iganligidan foydalanib, tosh bo‘lagi bilan boshiga bir necha marotaba urib, yonida bo‘lgan 4800 AQSH dollari pullarini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir qilgan S.Sh. protsessual tartibda ushlanib, bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «a, v» bandlari (qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib, ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davomida S.Sh. Sh.A. yo‘lda ketayotganida Toshkent shahriga pochta olganligini ko‘rib, ushbu pochtani qo‘lga kiritish maqsadida bosqinchilik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan. Bundan tashqari avtomashinada bo‘lgan ikki yo‘lovchi holatni ko‘rib, qo‘rqib qochib ketganligi aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taksi haydovchisiga tosh bilan hujum qilib, yonidagi 4800 dollarni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi