12:00 / 18.05.2021
3 019

Andijonda ikki shaxsga zo‘rlik ishlatib, puli va telefonini olib qo‘ygan ayol ushlandi


Andijon viloyati Asaka tumanida ikki ayolni to‘nagan ayol qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 10 may kuni soat 13:30 larda noma’lum shaxs Asaka tumani «Beruniy» mahallasi hududida fuqaro U.M. ismli qizga nisbatan zo‘rlik ishlatib, qo‘lidagi narxi 3 500 000 so‘mlik Vivo-1915 rusumli telefon va 100 AQSH dollari pulini ochiqdan ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam bezorilik va hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik jinoyatlari uchun sudlangan 27 yoshli B.N. ismli ayol sodir etganligi aniqlangan.

Shuningdek, B.N. muqaddam fuqaro 37 yoshli S.D.ga tegishli narxi 1 000 000 so‘mlik Redmi 7 rusumli telefon apparatini kuch ishlatib, talonchilik yo‘li bilan olib qo‘yganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan B.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «a» (talonchilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi doirasida B.N.dan jabrlanuvchilarga tegishli Vivo-1915 va Redmi 7 rusumli telefonlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda ikki shaxsga zo‘rlik ishlatib, puli va telefonini olib qo‘ygan ayol ushlandi