3 026
Andijonda ikki shaxsga zo‘rlik ishlatib, puli va telefonini olib qo‘ygan ayol ushlandi
Andijon viloyati Asaka tumanida ikki ayolni to‘nagan ayol qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 10 may kuni soat 13:30 larda noma’lum shaxs Asaka tumani «Beruniy» mahallasi hududida fuqaro U.M. ismli qizga nisbatan zo‘rlik ishlatib, qo‘lidagi narxi 3 500 000 so‘mlik Vivo-1915 rusumli telefon va 100 AQSH dollari pulini ochiqdan ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam bezorilik va hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik jinoyatlari uchun sudlangan 27 yoshli B.N. ismli ayol sodir etganligi aniqlangan.
Shuningdek, B.N. muqaddam fuqaro 37 yoshli S.D.ga tegishli narxi 1 000 000 so‘mlik Redmi 7 rusumli telefon apparatini kuch ishlatib, talonchilik yo‘li bilan olib qo‘yganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan B.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «a» (talonchilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi doirasida B.N.dan jabrlanuvchilarga tegishli Vivo-1915 va Redmi 7 rusumli telefonlar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik"
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)