1 773
Farg‘onada suv talashib, tanishini toshbo‘ron qilgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi bog‘da fuqarolar suv talashib, o‘zaro janjallashdi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 9 may kuni soat 21:00 larda 25 yoshli R.Sh. va 24 yoshli S.A. O‘zbekiston tumani Bo‘ston qishlog‘i hududidagi bog‘ maydonida tanishlari 22 yoshli Yu.M. va 36 yoshli Q.B. bog‘ga suv quyib yurganligini ko‘rib, ularning oldiga kelib, suv tufayli janjallashib, ularni yerda yotgan tosh bo‘laklari bilan toshbo‘ron qilib, turli jarohatlar yetkazgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida janjal vaqtida R.Sh. Yu.M.ning yuziga bir marotaba urganligi sababli Yu.M. va Q.B. janjal joyiga telefon orqali qarindoshlarini chaqirayotganini R.Sh. va S.A. eshitib qolib, so‘ng ularni toshbo‘ron qilganligi aniqlangan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida Yu.M. va Q.B. hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir turdagi jarohatlar olganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «a» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Sharmandaga shahar keng