19:06 / 18.05.2021
1 333

Avtodo‘kon xodimining beparvoligi sabab 4ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

Avtodo‘kon xodimining beparvoligi sabab 4ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda avtodo‘kon xodimining beparvoligi sabab bir nechta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi.

Videodan ko‘rish mumkinki, avtomobil shinalarini taxlayotgan do‘kon xodimlarining e’tiborsizligi oqibatida shinalardan biri avtomobil yo‘liga dumalab ketgan. Natijada keskin tormozlanishni amalga oshirgan Nexia-3 avtomobilining orqasiga boshqa bir Nexia kelib urilgan.
Shuningdek, yana bir Nexia-3 avtomobili haydovchisi to‘qnashuvdan qochish maqsadida tormozni bosgan va ortidan harakatlanib kelayotgan Damas unga kelib urilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Avtodo‘kon xodimining beparvoligi sabab 4ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)