12:08 / 19.05.2021
2 375

Chilonzorda ikki yo‘lto‘sar ushlandi


2021 yilning 14 may kuni soat 16:20 larda noma’lum shaxslar Toshkent shahri, Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on mahallasi hududidagi yer osti o‘tish yo‘li oldida fuqaro 43 yoshli A.Ulug‘bekni to‘xtatib, egnidagi shimining orqa cho‘ntagidan  300 AQSH dollar pullari solingan fuqarolik pasporti va narxi 300.000 so‘mlik «SAMSUNG J1» rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joydan yashiringanlar. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Tezkor qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashovchi 33 yoshli A.Murodali va 38 yoshli H.Salimlar sodir etganliklari, ular muqaddam firibgarlik, o‘g‘rilik jinoyatlari uchun sudlangan bo‘lganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166 (talonchilik) va 227-moddalari (hujjatlarni egallash) bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, A.Murodali va H.Salimlarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat