O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «Tarlon» zirhli avtomobilining dastlabki sinov jarayonlari bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Mudofaa sanoati qo‘mitasi.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi vazirlik va idoralarning buyurtmasiga muvofiq, Mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan «Tarlon» yengil zirhlangan avtomobili kuch tuzilmalari vazirlik va idoralarining bir guruh mutaxassislari tomonidan qo‘shinlar sinovidan o‘tkazilyapti.
Ushbu tadbirlarning dastlabki bosqichida «Tarlon»ning ballistik himoyasi belgilangan standartlar asosida tekshirildi, yurish va turli to‘siqlardan o‘tish qobiliyati respublikaning tog‘-adir va kesishgan zonalarida sinovdan o‘tkazildi.
Sinov jarayonlari davom etmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin