Foto: Bosh prokuratura departamenti
Xorazm viloyatida fuqarolarga pul evaziga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan IIB viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqaro G.M. haydovchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan «X.» MCHJ o‘qituvchisi S.I. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, 4 nafar fuqaroga avtomobil boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgani aniqlangan.
Haydovchilik guvohnomalari evaziga 750 AQSH dollari va 500 ming so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi