11:00 / 22.05.2021
1 387

Samarqandda 2 ming dollar pora olmagan IIB xodimiga 15 mln so‘m mukofot puli berildi


Foto: Samarqand IIB
Samarqand shahrida yonida giyohvand moddasi bor shaxs aniqlandi va unga nisbatan chora ko‘rildi. Ushbu ishda ishtirok etgan xodim taqdirlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 10 may kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tezkor xodimi Samarqand shahar Qorasuv maskani «B.Yalangtush» mahallasida o‘zini shubhali tutgan A. ismli shaxsning yonini xolislar ishtirokida shaxsiy tintuvdan o‘tkazgan vaqtida egnida bo‘lgan kiyimining chap cho‘ntagidan 2,16 gramm og‘irlikdagi marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazmaslik va tergov organi tomonidan qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga tezkor xodimga 2 000 AQSH dollarini pora sifatida taklif qilgan.

Xodim unga bir necha marotaba pora berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramasdan, u pora taklif qilishda davom etgan.
Tezkor xodim holat yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Bildirgiga asosan, 11 may kuni IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB, Samarqand shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, 1987 yilda tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on shahar Amir Temur ko‘chasida yashovchi Y.A. ishini ijobiy hal qilib berish evaziga IIB xodimiga 2 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Y.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Samarqand IIB
Korrupsiyaga qarshi kurashishda faollik ko‘rsatib, jinoyatchi tomonidan pora tariqasida taklif etilgan va keyinchalik olib kelingan 2 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olmasdan, uni ashyoviy dalillari bilan ushlashga erishib, qonun ustuvorligini ta’minlagan kapitan U.Sarimovga viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan berilgan 15 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti va uning ota-onasiga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 2 ming dollar pora olmagan IIB xodimiga 15 mln so‘m mukofot puli berildi