
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda yo‘lovchilar tramvayni itarib ketayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Unda bir necha yigitlar shahar qatnov qismidagi tramvayni itarayotganini ko‘rish mumkin. Voqea qachon yuz bergani va bunga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Aftidan, tramvay harakatlanayotgan hududda elektr energiyasi o‘chgan.
— Shukhrat (@bankir2102) May 23, 2021
Holat yuzasidan hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.
Qayd etish joizki, bu Samarqandda tramvay bilan yuz berayotgan birinchi hodisa emas. 2020 yilning fevralida Samarqand shahrida harakatlanayotgan tramvay yo‘lidan chiqib ketgandi. Undan bir necha yil avval Samarqandda ikki tramvay to‘qnashgandi.
2020 yilda Samarqand shahar hokimligi qoshidagi «Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi» davlat korxonasi mansabdor shaxslari 1,2 milliard so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgani aniqlangandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar