12:38 / 24.05.2021
1 416

Toshkentda mast haydovchi boshqaruvidagi Epica ag‘darilib ketdi


Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
24 may kuni soat 00:15 larda Toshkentning Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida Epica avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, avariya vaqtida haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani sabab boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatida 32 yoshli haydovchi, shuningdek, 31 va 33 yoshli ikki nafar yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ta’kidlanishicha, YTH joyida transport vositasini boshqarish huquqini beradigan haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlar topilmagan.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda mast haydovchi boshqaruvidagi Epica ag‘darilib ketdi