1 935
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berdi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2021 yilda ham umumta’lim maktablarini bitirayotgan 438 mingga yaqin bitiruvchilar uchun mazkur tadbirni karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.
Vazirlik ushbu tadbirlarni ortiqcha xarajatlarsiz o‘tkazishga chaqirdi.
«Ota-onalar va maktab ma’muriyatlaridan ushbu tadbirni farzandlarimiz uchun faqat ijobiy kechinmalar bilan eslanadigan qilib, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazishni iltimos qilamiz. Shu bilan birgalikda, joylarda turli e’tirozlarni oldini olish maqsadida tadbirlarni ortiqcha xarajatlarsiz, xususan, o‘quvchilar orasida oilaviy sharoitidagi farqni salbiy ko‘rsatishga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli xil alohida kiyim-kechak, bezak, sovg‘alar va shu kabilarga katta mablag‘ sarflamasdan bir-birini qo‘llab-quvvatlagan holda o‘tkazishlarini so‘raymiz», – deyiladi vazirlik xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar