19:30 / 25.05.2021
784

Boyovut tumanida MIB tomonidan tadbirkor foydasiga 1 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi

Boyovut tumanida MIB tomonidan tadbirkor foydasiga 1 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi

Byuro organlari tomonidan tadbirkorlar foydasiga undiruv bilan bog‘liq sud hujjatlari va boshqa organlar ijro hujjatlari ijrosi ta’minlanib, tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Boyovut tumanlararo iqtisodiy sudining 15.04.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Boyovut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasidan undiruvchi “Bekobod asfalt beton” MCHJ foydasiga jami 1.000.555 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Boyovut tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorlarga 10 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq, so‘rovnomalar yuborilgan.

Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor korxona hisobidan undiruvchi “Bekobod asfalt beton” MCHJ foydasiga jami 1.000.555 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq to‘liq undirilib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar xujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Boyovut tumanida MIB tomonidan tadbirkor foydasiga 1 mlrd. so‘m qarzdorlik undirildi