2 507
Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Jurnalistlar to‘yni to‘ydek qilib berishdi — endi qancha tanqid qilishsa roziman»
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 25 may, seshanba kuni «Toshkent Besh tashabbus harakati» yoshlar festivali doirasida o‘tkazilgan uchrashuv so‘nggida festivalni yoritgan jurnalist va blogerlarga minnitdorchilik bildirdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
«Ommaviy axborot vositalari vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. To‘yimizni buzishmadi, aksincha, to‘yni to‘ydek qilib berishdi. Sabrli bo‘lishganiga rahmat. Endi, festivaldan keyin, qancha tanqid qilishsa ham roziman. Shaxsiyatga tegmagan holda bemalol tanqid qilaveringlar, tanqidni ko‘taramiz. Barchangizga qo‘llab-quvvatlaganingiz, festivalni yoritib berganingiz uchun ming rahmat», — dedi hokim.
Eslatib o‘tamiz, Jahongir Ortiqxo‘jayev mazkur festival ochilishi oldidan bu tadbirni yoshlar uchun to‘ydek qilib o‘tkazish kerakligini qayd etib, «OAV vakillari va blogerlarga iltimosim shuki, agar qayerdadir kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, saytlarda aylantirmay o‘zimizga aytishsa, zudlik bilan muammoni bartaraf qilamiz. Shuncha mehnatdan keyin ham faqat tanqidlar bo‘laversa, keyinchalik ham mana shunaqa tadbirlarni o‘tkazishga ishtiyoqimiz yo‘qolib qoladi», — degan edi.
Ma’lumot uchun, «Toshkent Besh tashabbus harakati» festivali doirasida 21 maydan 25 mayga qadar madaniy va intellektual tanlovlar, sport musobaqalari, mediatreninglar, mashhurlar bilan uchrashuvlar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi