1 647
«Xohishingizga qarshi sizni emlashga hech kimning haqqi yo‘q» — Innovatsion rivojlanish vazirligi
Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘zbekistonliklarning koronavirusga qarshi emlash ixtiyoriymi, degan savoliga javob berdi. Vazirlik ta’kidlashicha, hech kim sizning xohishingizga qarshi sizni emlashi mumkin emas.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi qonuni 26-moddasiga ko‘ra, fuqaroning o‘z kasaliga doir ma’lumotlarni bilgan holda o‘z ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur shartidir.
«Emlash ham tibbiy aralashuv hisoblanadi va hech kim sizning roziligingizsiz sizni emlashga haqqi yo‘q. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxslarga va qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga nisbatan tibbiy aralashuvga ularning qonuniy vakillari rozilik beradi», — deyiladi vazirlik xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi