9 071
Bojxonachilar 9 mlrd. so‘mlik noqonuniy olib kirishga urinilgan tovarlarni to‘xtatib qolishdi
Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida yirik miqdordagi tovarlarning yurtimiz hududiga noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.
Jumladan, bojxona postiga xorijdan qiymati 406 ming dollardan ortiq 3 turdagi tovarlar keltirildi.
Mazkur tovarlarga elektron taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasidagi “O‘simlik asosidagi ganoderma ekstrakti” tovarlariningtashqi iqtisodiy faoliyat tovar kodlarida shubha uyg‘onganligi sababli bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Tovarlarni ko‘zdan kechirish davomida tovar qadog‘i ustlariga qo‘lbola tarzda tovar yorliqlari yopishtirilganligi aniqlandi.
Shuningdek, o‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga asosan, mazkur tovarlarning tovar kodlari noto‘g‘ri tasniflanishi natijasida 1 mlrd. 72 mln. so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Natijada, qiymati 9 mlrd. so‘mni tashkil etuvchi 48 952 quti “o‘simlik asosidagi ganoderma ekstrakti” tovarlari vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”