Foto: «Terraoko.com»
2021 yil 19 may kuni Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Shu yil mart oyi boshlarida noma’lum shaxs mahallasida joylashgan o‘ziga tegishli hunarmandchilik ustaxonasi eshigini buzish yo‘li orqali kirib, ustaxonasida bo‘lgan umumiy narxi 5.000.000 so‘mlik frezer dastgohi, bolgarka, elektr randa va elektr burg‘ulash moslamasini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan va 2004 yilda tug‘ilgan shaxslar sodir etganliklari aniqlangan. Daliliy ashyo olingan, deb yozadi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?