15:23 / 30.05.2021
2 343

Ustaxonani tunab ketganlar ushlandi


Foto: «Terraoko.com»
2021 yil 19 may kuni Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Shu yil mart oyi boshlarida noma’lum shaxs mahallasida joylashgan o‘ziga tegishli hunarmandchilik ustaxonasi eshigini buzish yo‘li orqali kirib, ustaxonasida bo‘lgan umumiy narxi 5.000.000 so‘mlik frezer dastgohi, bolgarka, elektr randa va elektr burg‘ulash moslamasini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan va 2004 yilda tug‘ilgan shaxslar sodir etganliklari aniqlangan. Daliliy ashyo olingan, deb yozadi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ustaxonani tunab ketganlar ushlandi