Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi va viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi bilan hamkorlikda “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida sportning stol tennis turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Davlatobod tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida Majburiy ijro byurosi tashkil etilganligining 4 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan musobaqada Byuroning viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari xodimlari g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Musobaqa nizomiga ko‘ra dastlab guruhlar bo‘lingan holda bahs olib borildi. Har bir guruhda besh nafardan ishtirokchi bir-birlarini sinovdan o‘tkazdilar. Guruhlarda 1 va 2 o‘rinlarni egallagan xodimlar g‘oliblik uchun bahslarni davom ettirdilar.
Yarim finalda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Byuroning Namangan tuman bo‘limi davlat ijrochisi Oxunjon Dadamirzayev va boshqarma inspektori Abdulbosit Xamrayevlar finalga yo‘llanma olishdi.
3 ta bo‘limdan iborat final o‘yini yig‘ilganlarga shiddatli bahsni taqdim etdi. Yakuniy bahsda O.Dadamirzayev g‘olib bo‘lib, musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi. 3 o‘rin uchun kechgan bahsda esa boshqarma mutaxasssisi M.Qo‘chqarov qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida mamlakatimizda sportni ommaviyligini ta’minlash, aholi ayniqsa turli soha vakillari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani e’tirof etildi. Shundan so‘ng, g‘olib va sovrindorlarga boshqarmaning diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi