O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin

1 daqiqa o'qish5.3K
O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin
DTM bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinib, xorij OTMlari tajribasida bo‘lgan kirish imtihonlari bo‘lmasligi bosqichma-bosqich O‘zbekistonda ham amalga oshirilishi rejalashtirilganini aytdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar qildi.

«Xabaringiz bor, milliy test sertifikatlarini joriy qildik. Bundan keyin ba’zi abituriyentlar qatnashmaydi, bevosita ozod bo‘lishi mumkin. Keyin imtihonda katta ballni olgandan so‘ng, OTMga qabul qilish emas, buni unifikatsiya qilish masalasi ham ko‘tarilgan edi.

Unifikatsiya bo‘yicha qaror tegishli organga kiritilgan. Agar bu tasdiqlansa, biz kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni OTMlarga qabul qilishni yo‘lga qo‘yamiz. Masalan, to‘rtta viloyat tanlab olinib, birinchi bosqichda shu viloyatlarda o‘tkazish masalasi ko‘riladi. Keyinchalik qolgan hududlarda ham bu amalga oshiriladi
», — dedi Farhod Mirzayev.

Shuningdek, Farhod Mirzayev 2021/2022-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarini 2 ta ssenariy — yopiq va ochiq maydonlarda o‘tkazish kelishib olinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, test sinovlari o‘tkazish uchun 46 800 nafar abituriyent uchun mo‘ljallangan 96 ta katta sig‘imli yopiq bino, 59 040 nafar abituriyentni sig‘diradigan 65 ta stadion tanlangan.

Kirish imtihonlarida 1,6 mln abituriyent qatnashishi kutilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda DTM rasmiy sayti, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi ta’kidlandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?