16:20 / 03.06.2021
2 402

22 yoshli fuqaroning behayo suratlarini tarqatmaslik uchun 60 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi


21 may kuni soat 12:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumanida 22 yoshli fuqaroning behayo suratlarini uning oila a’zolariga tarqatmaslik uchun 60 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 22 yoshli A.J. tanishi 21 yoshli A.O‘. bilan birgalikda oldindan tanish bo‘lgan 22 yoshli J.Sh.ning 2019 yildan buyon saqlab kelingan behayo suratlarini Telegram’da «Limon» nomli sahifa ochib, unga yuborgan.

Ular J.Sh.dan ushbu suratlarni uning oila a’zolariga yuborib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan va 60 ming AQSH dollarini berishini talab qilgan. So‘ng tomonlar 2250 AQSH dollarga kelishib, A.O‘. Yunusobod tumani MegaPlanet savdo markazi oldida J.Sh.dan 2000 dollar va 3 million so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida A.J.ning telefon apparati xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ushbu fuqaro muqaddam 26 yoshli R.Z.dan ham suratlarini tarqatmaslik evaziga 10 million so‘m pulni tovlamachilik yo‘li bilan talab qilgani, so‘ngra undan 6 million so‘mni pochta orqali olishga erishgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 22 yoshli fuqaroning behayo suratlarini tarqatmaslik uchun 60 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi