
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, viloyat Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, bilan bog‘liq jinoiy hatti-harakatlarga qarshi keng ko‘lamli maxsus tezkor tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, viloyatning Tuproqqal’a tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, “Toshkent-Urganch” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro Yu.I. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro D.M.ning yonlari belgilangan tartibda ko‘zdan ko‘zdan kechirilganida, uning cho‘ntagida 1 dona qog‘oz parchasiga o‘ralgan, o‘ziga xos o‘tkir hidli og‘irligi 0,5 gramm “geroin” giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi.
Shuningdek, avtomashina beligilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida fuqaro D.M.ning sumkasida 84 konvalyutada jami 840 dona hamda avtomashina “Bar”ida 6 dona jami 846 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg” yozuvli giyohvandlik tabletkalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Shu bilan birga, mazkur avtomashinada fuqaro Yu.I.ning kurtasi chap cho‘ntagida 1 dona gugurt qutisi ichida og‘irligi 2,04 gramm bo‘lgan jami 106 dona “kannabis” giyohvandlik o‘simligi urug‘iga o‘xshash urug‘lar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan fuqaro D.Mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar