10:53 / 07.06.2021
2 550

Chorvoqda ommaviy mushtlashuv yuz berganiga oid xabarga oydinlik kiritildi


6 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Chorvoqda fuqarolar o‘rtasida janjal, ommaviy mushtlashuv» kabi izohlar bilan video xabar tarqatildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB surishtiruv o‘tkazgan.

Mazkur hodisa tasvirga tushirilgan joy Bo‘stonliq tumani «Novobod» MFY hududidagi «Piramida -Chorbog‘ oromg‘ohi» sohili bo‘lib, sohilda dam olish 2021 yil 3 iyun kunidan rasmiy ochilgan. Shu vaqt oralig‘ida bu kabi hodisa ro‘y bermagan va IIOga hech qanday murojaat kelib tushmagan.

Aniqlanishicha, tasvirga olingan holat 2018-2019 yil oralig‘ida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunga sabab hozirda ushbu sohilning suvi va ko‘rinishi hamda uning atrofidagi muhit va boshqa jarayonlar o‘zgarganligi misol (suratda).

Hozirda mazkur holatning kelib chiqish sababi va holat ishtirokchilarini aniqlash yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat