11:55 / 09.06.2021
2 042

Toshkentda buzilayotgan reklama bannerlaridan biri harakatlanayotgan Spark ustiga quladi (video)


Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning G‘afur G‘ulom bog‘i oldida demontaj qilingan reklama konstruksiyasi harkatlanayotgan Spark ustiga qulagani tasvirlangan video tarqaldi.

8 iyun kuni Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida, G‘afur G‘ulom istirohat bog‘i qarshisida demontaj qilinayotgan reklama bilbordi ko‘chada harakatlanib ketayotgan Spark avtomobili ustiga quladi. «Kun.uz»ning avtomobil haydovchisiga tayanib yozishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, ammo mashinaga ziyon yetgan.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, reklama konstruksiyalarini buzayotgan kishilar Toshkent shahar hokimligidan ekanini, konstruksiyalar shahar hokimi o‘rinbosarining buyrug‘i asosida buzilayotganini bildirgan.

Shundan so‘ng, hokimlik vakillari yiqitilgan konstruksiya tufayli avtomobilga yetkazilgan zarar ikki o‘rtada, 50/50 tarzida qoplanishini aytgan. «Biz ham buyruqni bajaryapmiz, pulini to‘lab berolmaymiz», degan mas’ullar.

Haydovchi bunga rozi emasligini aytib, yo‘l harakati xavfsizligi xodimini chaqirgan. Uning aytishicha, YHX xodimi ham hokimlik vakilining gaplarini quvvatlab, bu «bahsli vaziyat» ekanini bildirgan va avtomobilni jarima maydoniga olib borib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida reklama konstruksiyalarini ommaviy buzib tashlash ishlari 8 apreldan boshlab amalga oshirilmoqda. Tashqi reklama ob’ektlarining egalari konstruksiyalar qonun bo‘yicha o‘rnatilgani, «snos» bo‘yicha ko‘rsatma «yuqoridan» bo‘lganini ma’lum qilgan. Tadbirkorlar hozirga qadar 700 dan ortiq bannerlarni olib tashlagan hukumatning harakatini noqonuniy deb aytmoqda, chunki bannerlar sud qarorisiz buzib tashlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda buzilayotgan reklama bannerlaridan biri harakatlanayotgan Spark ustiga quladi (video)