O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan yer resurslaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish mavzusida tashkil etilgan bugungi Ochiq muloqotda bir qator davlat tashkilotlari mas’ullari yer sohasida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida gapirishdi.
Ochiq muloqotda Prezidentning «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, yer ajratish va undan foydalanishda nazoratni kuchaytirishga oid bir qator yangi tartiblar belgilangani aytildi.
Shulardan eng muximlari:
— yerga bo‘lgan huquq turlari 6 tadan 3 taga qisqartiriladi;
— hokim qarori asosida yerlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri va tekinga berish butunlay bekor qilinadi;
— ayrim toifadagi shaxslarga (harbiylar, kam ta’minlangan oilalar, turar joyi buzilishga tushganlar) yerlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri va bepul berish o‘rniga auksiondan yer sotib olish xarajatlarini qoplab berish tizimini joriy etiladi;
— bog‘dorchilik, polizchilik va uzumchilik shirkatlari tuzish, yordamchi qishloq xo‘jaligi yuritish uchun yer berish tartibi bekor qilinadi;
— tuman hokimlarining yer ajratish bo‘yicha vakolatini to‘liq bekor qilindi;
— hokim qarorlari «ye-qaror» axborot tizimida shakllantiriladi;
— hokimning ayni bir qarori bilan yoki bir vaqtning o‘zida yer uchastkasini olib qo‘yish va boshqa shaxsga ajratish taqiqlanadi;
— kadastr, prokuratura, adliya organlari va hokimliklar tomonidan yer ajratish ustidan davlat nazorati amalga oshiriladi;
— yer sohasidagi huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni moddiy rag‘batlantiriladi;
— noqonuniy egallangan yerlar to‘g‘risida xabar bermaslik, ularda qurilgan imoratlarni kommunikatsiya tarmoqlariga ulab berganlik uchun yangi ma’muriy javobgarlik kiritildi;
— yer sohasida barcha ma’muriy jarimalarni tayinlash vakolati kadastr organlariga o‘tkaziladi;
— yerni noqonuniy sotganlik uchun yangi jinoiy javobgarlik kiritildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?