18:20 / 11.06.2021
1 993

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon «Qayroqqum gilamlari» korxonasini borib ko‘rdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamrohligida «Qayroqqum gilamlari» korxonasini borib ko‘rdi.

Bu fabrika 1957 yilda ishga tushirilgan. 2019 yilda modernizatsiya qilinib, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa davlatlardan olib kelingan uskunalar o‘rnatilgan. Korxonada bir yilda 3 million kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarilmoqda.

Qayroqqum gilamlari Sharq an’analarini aks ettiruvchi jozibadorligi va naqshlari bilan mashhur. Yuqori sifati tufayli turli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident korxona mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Navbatdagi ob’ekt tomon yo‘l olar ekan, davlat rahbarlarining korteji Qayroqqum suv ombori yonida to‘xtadi. Prezidentlar suv omborini ko‘zdan kechirib, suhbatlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon «Qayroqqum gilamlari» korxonasini borib ko‘rdi