1 962
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon hamrohligida “Vaxdati millat” bog‘iga tashrif buyurdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon So‘g‘d viloyati G‘afurov tumanidagi “Vaxdati millat” bog‘iga tashrif buyurdi.
So‘g‘d viloyati Sirdaryo bo‘yida joylashgan bo‘lib, dehqonchilik uchun juda qulay. Bu yerda meva-sabzavotchilik rivojlangan. Tojikistonda yetishtiriladigan jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qariyb 43 foizi So‘g‘d viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Vaxdati millat” bog‘i 2008-yilda tashkil etilgan. Uning maydoni 700 gektar bo‘lib, shundan 500 gektarida mevali daraxtlar o‘tqazilgan. Bog‘ hududida qariyb 300 tonna sig‘imli sovitish ombori ham bor.
Foto: Prezident matbuot xizmati
2018-yildan boshlab bu yerda baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda to‘rtta havzada oq amur, xumbosh va zog‘ora kabi baliq turlari yetishtirilmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida ham hamkorlik rivojlanmoqda. Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida bu borada ko‘plab shartnomalar imzolangan. Shavkat Mirziyoyevning bu galgi tashrifi chog‘ida ham qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentlar bog‘da tashkil etilgan Tojikiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Meva-sabzavotlarni o‘zaro yetkazib berish, saqlash va eksport qilish bo‘yicha soha mutasaddilariga ko‘rsatmalar berildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shu bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi yakunlandi. Xo‘jand xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kuzatdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin