10:30 / 12.06.2021
1 439

Toshkentdagi metro bekatlarining biridan shubhali buyum topildi

Toshkentdagi metro bekatlarining biridan shubhali buyum topildi

Kadr: Telegram
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent metropolitenining «Kosmonavtlar» bekatida poyezddan yo‘lovchilar tushirib yuborilgani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 11 iyun kuni soat 11:50 da 38-yo‘nalishda harakatlanayotgan poyezdning 3-vagonida shubhali narsa qoldirib ketilgan va bu haqda poyezd mashinistiga xabar berilgan. Ichki ishlar vazirligi va Toshkent metropoliteni o‘rtasidagi o‘zaro kelishilgan yo‘riqnomaga ko‘ra, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ular «Kosmonavtlar» bekatida poyezddan tushirilgan.

Qoldirib ketilgan qarovsiz buyumni tekshirish uchun poyezd yo‘lovchilarsiz elektrodepoda joylashgan maxsus tekshirish punktiga yuborilgan. Barcha yo‘nalishlarda poyezdlar jadval asosida harakatlanishni davom etgan.

«Shu sababli, hurmatli hamshaharlar, bu kabi videolavhalarni tasvirga olib, noto‘g‘ri izohlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishdan avval metropoliten xodimlaridan so‘rab, aniqlik kiritib olishingiz tavsiya etiladi», — deyiladi munosabatda.
Shu bilan birga, yo‘lovchilarni tashish bilan bog‘liq faoliyat yurituvchi metropoliten korxonasini bila turib ijtimoiy tarmoqlar orqali obro‘sizlantirish maqsadida asoslanmagan yolg‘on xabarlar, foto va videolavhalar, uydirmalarni tarqatish, shuningdek, nashr qilish yoki boshqa usulda ko‘paytirilgan tarzda telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida joylashtirish orqali hamda g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish bilan bog‘liq qonunbuzarlikni qasddan sodir qilgan shaxslar qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi eslatib o‘tilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi metro bekatlarining biridan shubhali buyum topildi