14:13 / 14.06.2021
1 553

Konditsioner va changyutgichlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarini mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishiga qarshi muntazam tezkor tadbirlar o‘tkazish orqali tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
 
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.Z. boshqaruvidagi “Porter 2” rusumli avtomashina kuzatuvga olinib, Quvasoy shahri hududida to‘xtatildi va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida muqaddam bojxona nazoratini chetlab olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 80 million so‘mlik 22 dona konditsioner va 5 dona changyutgich maishiy texnika tovarlari borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Konditsioner va changyutgichlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi