15:05 / 14.06.2021
1 521

Avtoulovga yashirilgan dorilar to‘xtatib qolindi


Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, DXX va Milliy Gvardiya tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahri hududida tibbiy dori-vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
 
Tadbir davomida, oldindan kuzatuvga olingan O‘zbekiston fuqarosi R.N boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtotransport vositasi Guliston shahri hududiga kelib to‘xtagan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan avtotransport vositasi ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 32 million so‘mlik, yelim idishlarda 178 250 dona “Valeriana” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtoulovga yashirilgan dorilar to‘xtatib qolindi