16:53 / 16.06.2021
2 875

Sifati kafolatlanmagan dorilar savdosi to‘xtatib qolindi


Inson hayoti va salomatligi — oliy qadriyat. Biroq, bu jihatlarni inobatga olmaydigan, o‘z manfaati yo‘lida o‘zgalarning salomatligini xavf ostiga qo‘yayotgan shaxslar ham afsuski jamiyatda uchrab turibdi. Bojxona organlari tomonidan ana shunday qing‘ir ishlarning oldi olinmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muxofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda Toshkent shaxrining Chilonzor tumanida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining noqonuniy realizatsiyasini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro I.Z boshqaruvidagi “Lacetti-Optra” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada uning ichida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, dastlabki qiymati 35 million so‘mlik, jami 350 konvalyutada “Mesopril-Kit” nomli sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi va fuqaro ularni qonunga xilof ravishda sotmoqchi bo‘lganligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmokda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sifati kafolatlanmagan dorilar savdosi to‘xtatib qolindi