23:45 / 16.06.2021
1 980

Toshkentda serjantlar tayyorlash maktabiga 12 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi


Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Toshkentda serjantlar tayyorlash maktabiga pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro A.N. va D.N. oldindan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro J.ni IIV akademiyasi qoshidagi Serjantlar tayyorlash maktabiga o‘qishga kiritib qo‘yish masalasini 12 ming dollarga hal qilib berishga kelishgan.

Shundan 6 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida departament, DXX hamda IIBning Yunusobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda serjantlar tayyorlash maktabiga 12 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lganlar ushlandi