
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari Izboskan tumanidagi Urganji mahallasida bo‘lib, aholi hayoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Mahallada 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bu yil 915 o‘rinli umumta’lim maktabi ta’mirdan chiqarildi. Barcha ko‘chalar obod bo‘lyapti. O‘nlab kichik biznes sub’yektlari aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.


— Endi har bir xonadonning imkoniyatidan kelib chiqib, biznes-reja yozib beriladi. Davlat tashkilotlari sharoit yaratadi. Hozirgi zamonga munosib bo‘lib, mehnat qilmasak, niyatimizga yetolmaymiz. Xudoning o‘zi mehnatga, harakatga yarasha ajrini beradi, — dedi Prezident.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar