13:43 / 21.06.2021
1 869

Uyingizdagi qaysi narsalar yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin?


Foto: «Domashniy Ochag»
Siz xayolingizga ham keltirmagan, ammo noxush hodisalarga sabab bo‘ladigan uy va oshxonadagi narsalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Un
Ko‘pchilik havoga sochilgan un olov bilan kontaktga kirishsa portlashga ham olib kelishi mumkin. Bunga tez va bir zumda yonadigan uglevodlar sabab bo‘ladi. Albatta, bunday noxush hodisa yuz berishi uchun unning havodagi konsentratsiyasi aql bovar qilmas darajada bo‘lishi kerak. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham ehtiyot bo‘lish kerak.

Apelsin
Tarkibida tez yonuvchan modda limonen bo‘lgan ushbu mazali meva yong‘inga sabab bo‘lishi mumkinligi hech kimning xayoliga ham kelmagan bo‘lishi mumkin.

Shakar kukuni va ziravorlar
Shakar tarkibida 79,7 foiz uglevod bor ekani uni yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf guruhiga kirishiga sabab bo‘ladi. Haddan ortiq qizdirilsa, yonib ketishi mumkin. Shuningdek, dolchin, qizil murch va sarimsoq tarkibida ham yonuvchi moy bo‘ladi.

Chips, popkorn
Tarkibida yog‘ va uglevodlar bisyor ekani hisobiga ham popkorn, chips va shunga o‘xshash boshqa yeguliklarni olovdan uzoq yerda saqlagan yaxshi.

Kuyadori
Kuyadorilar ham yuqoridagilar singari yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligi. Albatta o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, buning uchun havo harorati 520 daraja bo‘lishi kerak.

Qo‘l uchun antiseptik gel
Antiseptik gel tarkibida yuqori yonuvchan etil spirti bo‘ladi.

Aerozollar
Aerozollar maishiy sabablarga ko‘ra kelib chiqadigan yong‘inlarning eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biridir. Bunday vositalar ishlab chiqarilayotganida ballonlar ichi gaz bilan to‘ldiriladi. Yuqori haroratda undagi molekulalar kengayishi, bosim oshishi va bu portlashga olib kelishi mumkin.

Poyabzal kremi
Poyabzallar uchun foydalaniladigan krem tarkibida tez yonuvchan tabiiy, shuningdek, sintetik komponentlar bor ekani sabab ham olovdan uzoq saqlash kerak bo‘ladi.

Plastik konteynerlar
Plastiklar neftni qayta ishlashda natijasida olinadi. Undan tayyorlangan barcha narsa yonuvchan bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini solishga mo‘ljallangan konteynerlarga yonishni oldini oladigan modda qo‘shilganiga qaramay, ehtiyot bo‘lgan yaxshi.

Tirnoq bo‘yog‘i va uni o‘chiradigan suyuqlik
Ushu kosmetik vositalar izopropil, etil spirti va butilasetatni o‘z ichiga olgan mazkur kosmetik vositalar bir zumda yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ping-pong to‘pi
Ping-pong to‘pi selluloid olov bilan to‘qnashganda tezda yonadigan plastikdan tayyorlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uyingizdagi qaysi narsalar yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin?