18:13 / 21.06.2021
1 830

Qidiruvdagi shaxs topilgach, yarashishga qaror qildi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, fuqaro E.X.dan bir nafar farzandi uchun fuqaro B.N. foydasiga aliment to‘lashi belgilangan.

Ammo, qarzdor aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamadi. Boz ustiga qarzdor yashash joyidan noma’lum joyga ketib qoldi. E.X.ga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, tezkor qidiruv tadbirlari natijasida topildi va tegishli tartibda Narpay tuman bo‘limiga keltirildi.

Qarzdor E.X.ning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 18 million so‘mdan oshib ketgan. Ushbu qarzdorlikni to‘lashlik uchun qarzdor bilan o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar natijasida qarzdor turmush o‘rtog‘i bilan yarashib, oilasini tiklash istagi borligini bildirdi.

Olib borilgan ijro tadbirlari davomida ushbu oila yarashtirilib, ijro hujjati Qonunning 40-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi shaxs topilgach, yarashishga qaror qildi