Kuni kecha, 20-iyun kuni soat 22:10 da Chilonzor yo‘nalishi «Olmazor» bekatidan Sergelining 1-bekati tomon harakatlanayotgan metroda nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar bergandik.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda hodisadan yo‘lovchilarning qattiq qo‘rquvga tushganini ko‘rish mumkin. «Olmazor» bekatida barcha yo‘lovchilar metrodan tushirilgan. Ushbu holatga Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev munosabat bildirdi.
«Toshkent metropoliteni» UK yo‘lovchilardan uzr so‘rabdi, xolos. Bitta uzr — bo‘ldi.
Ilgari metro buzilishiga favqulodda holat va yangilik sifatida qaralardi. Biroq hozir bu odatiy holga aylanib borayapti. Bu ketishda bunaqa «uzr»larga quloq ham ko‘nikib qoladi.
Pulini olib, ishini sifatsiz bajaradigan odamlar jamoatchilikning toqatini toq qilmoqda. Agar har kim o‘zi bilgan ishini qilganida balki bunchalik bo‘lmasdi», deb yozadi deputat. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi