15:30 / 25.06.2021
2 586

Turkiy dunyo turizm xaritasi tuziladi


Farg‘ona viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu xaritaga turkiy davlatlardagi asosiy tarixiy, madaniy va turistik yo‘nalishlar kiritiladi.

Turkiy dunyo turizm xaritasi Turkiy kengashga a’zo mamlakatlarning asosiy turizm yo‘nalishlarini belgilab beruvchi etalon loyiha bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Turkiy kengash turizm masalalari vazirlari prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan avvalroq ilgari surilgan Turkiy kengashga a’zo mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar bo‘ylab “Tabarruk ziyorat” loyihasini amalga oshirish masalasini ham muhokama qildilar va o‘z mamlakatlaridagi eng mashhur qadamjolarni ushbu loyihaga kiritishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat