Cog‘liqni saqlash vazirligi ibodat amallarini ochiq havoda tashkil etish tavsiya qilinishi haqida xabar berdi.
Yurtimizdagi mavjud epidemiologik holatdan kelib chiqib, mas’ul idoralarning takliflari inobatga olingan holda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan:
- kunlik va juma namozlari faqat masjidning ochiq havodagi maydonlari (ochiq ayvonlar, masjid hovlisi, masjidga tutash ichki ko‘chalar)da tibbiy niqobda va oraliq masofani saqlagan holda tashkil etilishi;
- 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarga diniy tadbirlarni imkon qadar uy sharoitida amalga oshirish;
- Respublikada faoliyat yuritayotgan boshqa diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlarda ham jamoaviy ibodatlarni yuqoridagi tartiblar asosida amalga oshirish tavsiya etildi.
8 iyunga kelib, mamlakatda birinchi qat’iy karantin yumshatilishi asnosida faqat «yashil» hududlardagi masjidlar ochilishiga ruxsat berildi va jamoat namozlari ilk marta ijtimoiy masofa saqlangan holda o‘qildi.
10 iyuldan mamlakatda ikkinchi qat’iy karantin boshlanib, cheklovlar avgust o‘rtasiga kelganda yumshatildi va 17 avgustdan masjidlar yana ochildi. Shu bilan birga, koronavirus xavfi tufayli juma namozlari ado etilishiga ruxsat berish keyinroqqa qoldirildi.
Ko‘p o‘tmay, 1 sentabr kuni Respublika maxsus komissiyasi juma namozlarini endi masjidlarda o‘qish mumkinligini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Global Janub kimniki?
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi