20:34 / 25.06.2021
1 791

Chirchiq pedagogika institutiga kiritish uchun 9 ming dollar pora olgan ayol ushlandi


Foto: IIV matbuot xizmati
22 iyun kuni IIVga Sh.F., O.F. va N.Ya. ariza bilan murojaat qilgan. Aniqlanishicha, unda Toshkent shahrida yashovchi Xosiyat ismli ayol Chirchiq davlat pedagogika institutida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Sh.F. va O.F.ni ushbu oliygohga o‘qishga kiritib qo‘yishlik evaziga ularning har birlaridan 4.500 AQSH dollaridan jami 9.000 AQSH dollari talab qilib kelayotganligini bayon qilishib, qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni, IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari, IJQK Departamenti Toshkent viloyati Qibray tumani xodimlari hamda DXX Toshkent viloyati Qibray tumani bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, X.A. Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 260-sonli o‘rta maktab binosida ariza muallifidan talab qilgan 9.000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent viloyati Qibray tumani bo‘limi tomonidan fuqaro X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chirchiq pedagogika institutiga kiritish uchun 9 ming dollar pora olgan ayol ushlandi