Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisida «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama markazida bo‘ldi.
Qayd etilganidek, davlatda kuchli sud hokimiyatining mavjudligi inson huquqlari va erkinliklarini to‘liq ravishda ta’minlashga qaratilgan fuqarolik jamiyatini va demokratiyani barqaror rivojlantirish garovidir. Bu esa mamlakatning barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va investitsiyalarni jalb etish nuqtai nazaridan jozibadorligini ta’minlashdagi muhim omildir.
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yilda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi amaldagi Qonuni mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda sud tizimidagi chuqur o‘zgarishlar to‘liq aks ettirilmagan va u zamon talablariga javob bermaydi.
Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan yangi tahrirdagi «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonun ishlab chiqilgan.
Yangi tahrirdagi «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonun bilan odil sudlovning asosiy prinsiplari va sud hujjatlarini qayta ko‘rish tartibi takomillashtirilmoqda, sudyalarning maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari kuchaytirilmoqda, sudyalik lavozimiga nomzodlar va saylanadigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar xalqaro standartlarga moslashtirilmoqda, sudyalarning intizomiy javobgarligi qayta ko‘rib chiqilmoqda, sudyalar vakolatlarini to‘xtatib turish, shuningdek, tugatish asoslari va tartibi aniqlashtirilmoqda hamda sudyalarning ijtimoiy himoyasi ta’minlanmoqda.
Qonunning qabul qilinishi esa O‘zbekiston Respublikasida sud tizimining faoliyat ko‘rsatish tartibini va sudyalar mustaqilligi kafolatlarini takomillashtirishga, sudyalik kasbining obro‘sini ko‘tarishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyulda qabul qilingan «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–Farmonining 11-bandida belgilangan vazifalarining bajarilishiga xizmat qiladi.
Senatorlar tomonidan ushbu Qonun ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi