20:44 / 26.06.2021
15 772

Rossiya O‘zbekistonga SSSR NKVDning respublikadagi faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirdi


“Rosgvardiya” tomonidan topshirilgan barcha materiallar O‘zbekiston Milliy gvardiyasi muzeyi ekspozitsiyasini to‘ldiradi.
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev va “Rosgvardiya” boshlig‘i Viktor Zolotov amaliy uchrashuv o‘tkazdi, unda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi va kelgusi o‘zaro hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Zolotov hamkasbiga Ikkinchi jahon urushi davrida SSSR NKVDning O‘zbekiston hududidagi faoliyati to‘g‘risida foto va video materiallar, tarixiy ma’lumotlar, ocherklar diplomatik kanallar orqali topshirilishi to‘g‘risida aytdi, deb xabar berdi Rossiya mahkamasi matbuot xizmati. Ushbu materiallarning barchasi O‘zbekiston Milliy gvardiyasi muzeyi ekspozitsiyasini to‘ldiradi.

Kuchishlatar tuzilmalar boshliqlari aksilterror mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ishlarni kuchaytirishga, xodimlarni tayyorlash va xavfsizlik faoliyati sohasida tajriba almashish uchun delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini faollashtirishga kelishib oldi. Biroq, ushbu rejalar ikkala mamlakatda sanitariya-epidemiologik holat barqarorlashgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat