Foto: «Mir 24»
Ispaniya iste’molchilar tashkiloti mutaxassislari muddati o‘tganidan keyin qaysi mahsulotlarni iste’mol qilish mumkinligini ma’lum qilishdi, deb yozadi La Vanguardia nashri.
Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish va yaroqlilik muddatini farqlash kerak. Agar yaroqlilik muddati tugasa, demak, mahsulot organoleptik xususiyatlarini yo‘qotgan, ammo uni sog‘liqqa zarar yetkazmagan holda iste’mol qilish mumkin. Iste’mol qilish muddati o‘tishi odatda tez buziladigan mahsulotlarga taalluqli bo‘lib, ularga rioya qilish kerak.
Ispaniyalik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qatiq, tost noni, quruq mevalar, quritilgan kolbasa va pishloq, konservalangan pomidor, makaron, guruch, dukkaklilar, chipslar, salqin ichimliklar, xamir ovqatlar, pechene, murabbo, tez tayyorlanadigan sho‘rvalar iste’mol qilish mumkin.
Agar non quriy boshlasa, undan pudinglar, tostlar, tiramisu, suxari yoki qovurilgan burda non tayyorlash lozim. Kolbasa mahsulotlari, pishloq, meva-sabzavotlarni muzlatib qo‘yish mumkin. Ammo ular quruq bo‘lib qolishi mumkin, chunki mahsulotlarning tuzilishi o‘zgaradi.
Mog‘orlangan meva-sabzavotlarning shikastlangan joyini katta qilib kesib olib tashlagach iste’mol qilish mumkin. Ehtiyot bo‘lish kerak, chunki mog‘or chuqur kiradi, toksik moddalar ajratadi. Yangi go‘shtni darhol pishirish yoki muzlatib qo‘yish yaxshidir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi