Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqqani bois, ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, xonadondagi mebel jihozida (4 kv.m.) yong‘in kelib chiqqan. Natijada, mehmonga kelgan fuqaro S.A. uyning orqa tomonidagi derazaga chiqadi. FVV xodimlari tomonidan avtonarvon yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda ayolning qo‘llari toliqib, to‘rtinchi qavatdan o‘zini tashlaydi.
Fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazildi. Jabrlangan fuqaro travmatologiya bo‘limiga olib borilganda, u mast holda bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Hodisa oqibatida S.A.ga jiddiy jarohat yetmagan. Hozirda uning ahvoli o‘nglanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi