19:08 / 29.06.2021
1 656

MIB: 78 mln. so‘m jinoiy jarima undirildi


Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida jinoiy jarima undirildi. 
Aniqlanishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudining hukmi bilan sudlangan qarzdor Yu.Z va X.Sh.dan davlat foydasiga 78 mln. 050 ming so‘m jinoiy jarima undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Pop tuman bo‘limi ish yurituviga olingan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra qarzdorlarga belgilangan summani to‘lash bo‘yicha ixtiyoriy ravishda muddat berilgan. Bundan tashqari, davlat ijrochis tomonidan qarzdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlariga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida ko‘rsatilgan 78 mln. 050 ming so‘m pul mablag‘lari tegishli tartibda undirilib, ijro hujjati amaldagi Qonunning tegishli qismi bilan tamomlandi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: 78 mln. so‘m jinoiy jarima undirildi