So‘nggi kunlarda epidemiologik vaziyat murakkablashib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni ko‘paymoqda. Buning natijasida, hattoki, poytaxtimizda koronavirus infeksiyasiga chalinganlarni davolashga mo‘ljallangan tibbiyot markazlari qayta ochilmoqda, deyiladi Toshkent shahar IIBB ogohlantirishida.
«Fuqarolarimiz, befarqlikka berilib, tibbiy niqoblarni taqmasligi, karantin qoidalariga rioya etmasligi oqibatida kasallanganlar soni ortmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasiga asosan, vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari poytaxtimiz aholisi tomonidan karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishmoqda. Birgina 3 iyul kuni karantin qoidalariga rioya etmagan va tibbiy niqob taqmagan 964 nafar fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortildi, 4885 nafar fuqarolar esa ogohlantirildi.
Hurmatli fuqarolar, karantin qoidalariga rioya etishingiz avvalambor sizlarning va yaqinlaringizning sog‘lig‘i uchun kerak. Tibbiy niqob taqing, o‘zingizni va atrofdagilarni koronavirus infeksiyasidan himoya qiling!», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi