20:23 / 08.07.2021
3 883

Namangan viloyatida «aviatsion» bombalar topildi


Illustrativ foto
Namangan viloyati Davlatobod tumanidan 4 ta butun va 2 ta yarim yemirilgan bomba topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan viloyati Davlatobod tumani «Yuksalish» MFY Kushon sanoat hududidan 4ta butun va 2ta yarim yemirilgan «aviatsion» bombalar topilgan.

«Topilgan bombalarni zararsizlantirish maqsadida Pop tumani G‘urimsaroy 07648-harbiy qism maxsus o‘q otish poligoniga olib borilib, yo‘q qilish ishlari olib borilmoqda.

Bu hududda kunlik navbatchilik tashkil etilib, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qidiruv-qutqaruv otryadi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi va O‘zResIIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Namangan viloyati maxsus otryadlari jalb etilgan, hozirda ushbu hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan viloyatida «aviatsion» bombalar topildi