Foto: Kun.uz
Joriy yilning 13 iyul kuni taxminan soat 22.30 larda «Subo» nomi bilan tanilgan rossiyalik bloger Subxan Mamedov bilan uchrashish uchun poytaxtimizning Amir Temur hiyobonida 200 ga yaqin fuqarlar karantin cheklovlariga rioya etmasdan to‘planganligi haqida kuni kecha xabar berilgandi.
IIBBning dastlabki xabarida bloger Mamedov S. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani, mazkur voqeada qonun buzilishi holatlari va tartibsizliklar yuz bermagani aytilgandi.
Bu holat jamoatchilik e’tirozini keltirib chiqardi. Qonun mahalliy blogerga ham, xorijiy blogerga ham barobar bo‘lishi kerakligini aytildi.
Shundan so‘ng, IIBB qo‘shimcha ma’lumot bilan chiqdi va bu safar boshqacharoq ma’lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tekshiruv natijasiga ko‘ra, 26 nafar fuqaro (shu jumladan S.Mamedov va uning kuzatuvchilari) karantin qoidalariga zid ravishda jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo‘lganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 83 nafar fuqaroga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirish jarayonida, 9 nafar voyaga yetmagan shaxslarning ota-onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ogohlantirildi. Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi