3 225
Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat haqida: «Vaziyat nihoyatda og‘ir, lekin hayot davom etyapti»
O‘zbekiston va Pokiston yetakchilarining muzokaralari yakunlari bo‘yicha 15 iyul kuni Ko‘ksaroy qarorgohida OAV vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon Afg‘onistondagi vaziyat haqida so‘z yuritdi.
«Muzokaralar davomida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, ayniqsa, Afg‘onistonda tinchlik jarayonlariga hissa qo‘shishda qanday hamkorlikni amalga oshirishimiz bo‘yicha batafsil fikr almashdik. Afg‘onistondagi vaziyat bizni nihoyatda xavotirga soladi. Umumiy maqsadimiz bitta – Afg‘oniston zaminida tezroq tinchlik va barqarorlik o‘rnatishni istaymiz. Bu yo‘lda qo‘limizdan kelgan hamma ko‘makni ko‘rsatamiz.
Barchalaringizni xabaringiz bor, biz ikki yildan beri juda katta harakatlar qilib, Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temir yo‘li qurish masalasi bo‘yicha ko‘plab qo‘shni va hamkor mamlakatlar bilan atroflicha kelishib oldik. Vaziyat nihoyatda og‘ir, lekin hayot davom etyapti.
Bugun Afg‘oniston prezidenti bilan uch soatdan ko‘proq muloqot qildik, Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan ham bu borada suhbatlashdik. Bizning g‘oyamiz, tashabbusimiz bo‘lgan ushbu yirik loyihani amalga oshirishda katta kelishuvlarga erishdik», — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumot uchun, Toshkentda 16 iyul kuni «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev unda nutq so‘zlab, tarixiy aloqalarni tiklash muhimligini, sa’y-harakatlarni birlashtirish fursati kelganini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi