O‘zbekistonda koronavirusga qarshi majburiy emlashni joriy etish qonunlarga zid va buning uchun bir qancha huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish kerak. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qonunchilik palatasining yaqinda bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida O‘zbekistonda aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar keng muhokama qilingan.
Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vaziri A. Hojiboyev va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i B. Yusupaliyevning axboroti eshitildi.
Majlisda deputatlar oxirgi vaqtlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham yana ko‘paya boshlagani xavotirga sabab bo‘layotganini ta’kidladi. Ayniqsa aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash masalasi qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Ayrim deputatlar emlash tadbirlarini majburiy tartibda amalga oshirish zarurligini ta’kidlashdi. Ba’zilari esa, buning aksini aytdi.
Muhokamalar davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov quyidagilarni ta’kidladi: «Avvalo, ushbu masala, ya’ni aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi «majburiy emlash»ni joriy qilish, yalpi yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilmagan. Aksincha, emlash ishlarini tashkiliy jihatdan to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yish, bu borada fuqarolarning xavfsizligini kengroq ta’minlash birinchi galdagi vazifa ekanidan kelib chiqib, vaksinatsiya ishlarini muhokama qilish, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsad qilib olingan.
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, ayni paytda mamlakatda amalda bo‘lgan «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi qonunda fuqaroning o‘z ixtiyori bilan rozilik berishi tibbiy aralashuvning dastlabki zarur sharti ekani belgilab qo‘yilmagan. Shuningdek, fuqaro va uning qonuniy vakili tibbiy aralashuvni rad etish yoki uning to‘xtatilishini talab qilish huquqiga ega degan talab qat’iy mustahkamlab qo‘yilgan.
Xuddi shu kabi normalar boshqa bir qator qonunlarda ham mavjudligi emlash tadbirlarini majburiy tarzda amalga oshirish mumkin emasligini ko‘rsatadi. Ya’ni, emlash tadbirlarini majburiy amalga oshirish uchun avvalo, bir qator huquqiy hujjatlarga belgilangan tartibda o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritish talab etiladi», – deydi Nurdinjon Ismoilov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi